Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Uyda o‘tirishni or deb bildim...» – shifokor Prezidentga murojaat qildi

«Uyda o‘tirishni or deb bildim...» – shifokor Prezidentga murojaat qildi

Sarvar Begimqulov

Respublika ixtisoslashtirilgan dermotologiya va venerologiya markazi shifokori Sarvar Begimqulov ijtimoiy tarmoq orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat qildi.

Unda mutaxassis faoliyatini harbiy shifokor sifatida boshlab, o‘z vaqtida jangovar harakatlar bo‘lgan qaynoq nuqtalarda xizmat qilganini qayd etadi.  Shuningdek, hozirgi sinovli davrda faoliyat ko‘rsatayotgan ishxonasi vaqtincha yopilayotgani, bunday sharoitda uyda o‘tirishini o‘ziga or deb bilgani, «ko‘ngilli ravishda Vatanimizning qayerida bo‘lmasin, koronavirusga qarshi kurashda o‘z hissasini qo‘shishga tayyor» ekanini bildiradi.

Qisqa va lo‘nda murojaatda aytarli boshqa gap yo‘q. Unga qanday munosabat bildirilishini bashorat qilish ham shartmas.

Muhimi – niyat nekbin.

Shunday insonlar ko‘paysin...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring