Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shofirkon «qizil» hududga kiritilib, transport vositalari harakati cheklandi

Shofirkon «qizil» hududga kiritilib, transport vositalari harakati cheklandi

Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yangi kasallanish holatlarining 7 tasi aholi orasida (bitta oila a’zolari) aniqlangani haqida kecha xabar qilingan edi. Mazkur holat Buxoroda koronavirus infeksiyasi qaytganini ko‘rsatmoqda.

Shofirkon tumani «qizil» hududga kiritilgani sababi bilan joriy yilning 28 mayidan boshlab, transport vositalari harakati cheklandi. Bu haqda Xabar.uz’ga Shofirkon hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, tumanda koronavirusga qarshi kurash tezkor shtabi tuzilgan. Hokimlik binosida «Tungi vaqtlarda tuman hududida fuqarolarning bemaqsad yurmasliklari, karantin qoidalariga rioya qilishlari to‘g‘risida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish» maqsadida tungi xizmat oldi yo‘riqnomasi o‘tkazilgan. U orqali odamlarning bemaqsad ko‘chada yurishi va to‘planishining oldini olish, jamoat joylarida tibbiyot niqobida yurish, «COVID-19» virusini yuqtirib olishdan saqlanish bo‘yicha qat’iy nazorat kuchaytiriladi. Shuningdek, davlat huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmagan fuqarolarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rish to‘g‘risida topshiriqlari belgilangan.

28 maydan boshlab, koronovirus aniqlangan fuqarolar hamda ular bilan bevosita muloqotda bo‘lganlardan dastlabki test namunalari olina boshlangan. Tumanda koronavirusga gumonlangan shaxslarning aniqlanganligi sababli, 24 maydan 28 may kuniga qadar tuman markazidagi odamlar gavjum barcha maskanlar (jumladan, savdo do‘konlari, bozor va rastalar, yoqilg‘i quyish shaxobchalari) kuzatuvda bo‘lgan.

Fuqarolar tuman sanitariya epidemiologiya osoyishtalik markaziga murojaat qilib, tegishli tahlillardan o‘tishlari zarurati so‘ralgan. Hududning barcha manzillarida kuchaytirilgan tartibda dizenfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring