Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

SSV kunlik statistikani e’lon qildi

SSV kunlik statistikani e’lon qildi

Foto: SSV

Shu yilning 12-sentyabr kuni mamlakatimizda 578 holatda kasallik qayd etildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 2 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Toshkent, Samarqand, Namangan, Buxoro, Andijon, Qashqadaryo, Surxondaryo, Farg‘ona hamda Xorazm viloyatlarida jami 488 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 46 850 nafar bemordan 43 511 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 953 nafar bemordan 475 nafari og‘ir, 231 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring