Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tojikistonda bir kunda 400 ga yaqin kishida koronavirus aniqlandi

Tojikistonda bir kunda 400 ga yaqin kishida koronavirus aniqlandi

Foto: «Asiaplustj.info»

Tojikistonda koronavirusga chalinganlar soni seshanba kuni 3266 kishiga yetdi, bir kecha-kunduzda mamlakatda 379 ta yangi holat qayd etildi, deya xabar berdi «RIA Novosti» Tojikiston sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatiga tayanib.

«Seshanba oqshomi holatiga ko‘ra, Tojikistonda koronavirus bilan kasallangan 379 ta yangi holat qayd etildi, bemorlar umumiy soni 3266 kishiga yetdi, o‘tgan bir kun davomida ushbu kasallik tufayli bir kishi hayotdan ko‘z yumdi», — dedi agentlik suhbatdoshi.

Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, hozir mamlakatda 2588 kishi shifokorlar nazoratida, o‘tgan bir kecha-kunduzda 1417 kishi sog‘aygan, 436 kishi tibbiyot muassasasidan chiqarilgan. Tojikiston hukumati va aholini ijtimoiy himoya qilish hamda sog‘liqni saqlash vazirligi ayni vaqtda COVID-19 ni davolash va oldini olish bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rmoqda.

Amerikaning Jons Xopkins universiteti hisob-kitobiga ko‘ra, Tojikistonda koronavirus tufayli 47 nafar bemor hayotdan ko‘z yumgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring