Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda uchta shifoxona kovid-bemorlarni qabul qilishni to‘xtatdi

Toshkentda uchta shifoxona kovid-bemorlarni qabul qilishni to‘xtatdi

Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, yana uchta shifoxona: Toshkent  shahar tez  tibbiy yordam  klinik shifoxonasi, Toshkent shahar perinatal markazi va Toshkent shahar 3-son yuqumli kasalliklar shifoxonalarini o‘z yo‘nalishi bo‘yicha dastlabki tartibda faoliyatini davom ettirishi belgilab berildi. Bu haqda vazirlikning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.

«Ushbu shifoxonalar joriy  yilning 2-dekabridan boshlab koronavirusga chalingan bemorlarni qabul qilishni to‘xtatadi, kasalxonalardagi davolanish davom ettirilishi talab etiladigan bemorlar tegishliligi bo‘yicha 1- va 2-son Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonalariga ko‘chiriladi.

Bemorlar chiqarilgandan so‘ng  muassasi o‘rnatilgan tartibda zararsizlantiriladi va epidemiyaga qarshi choralar ko‘rilib, mavjud tibbiy jihozlarni konservatsiya qilinadi.  Infeksiyani davolashda qo‘llanilayotgan dori vositalari zahira sifatida saqladi», deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda ikkita kovid-markaz yopilgani xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring