Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentga «Sputnik V» vaksinasining navbatdagi partiyasi keltirildi

Toshkentga «Sputnik V» vaksinasining navbatdagi partiyasi keltirildi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Bugun tunda yurtimizga Rossiyadan «Sputnik V» vaksinasining navbatdagi 40 ming dozalik 1-komponenti olib kelindi.Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumot berdi. 

1-iyun kuni «Sputnik V» vaksinasining navbatdagi 70 ming dozalik 1-komponenti, 10 iyunda 70 ming dozalik 2-komponenti keltirilgan edi.

Aprel oyida ushbu vaksinaning 100 ming dozasi keltirilgan edi (uning 50 ming dozasi 1-komponent, 50 ming dozasi 2-komponent).

Shunday qilib, yurtimizdagi «Sputnik V» vaksinasi zaxirasi 280 ming dozaga yetdi. Yaqin kunlarda vaksinaning navbatdagi 40 ming dozalik 2-komponenti olib kelinishi kutilmoqda.

Shunday qilib, jami vaksina zaxirasi 7 million 440 ming dozani tashkil qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring