Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada mudhish holat qayd etildi

Turkiyada mudhish holat qayd etildi

Foto: «Sputnik»

Turkiyada koronavirusdan vafot etganlar soni bir kecha-kunduzda 141 kishini tashkil etdi. Bu pandemiya boshlangandan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir. 20-noyabr kuni 5103 ta kasallanish holati qayd etildi, deya xabar berdi respublika sog‘liqni saqlash vazirligi.

Bundan avvalgi eng yuqori o‘lim ko‘rsatkichi 19-aprel kuni kuzatilgandi — o‘shanda 127 bemor hayotdan ko‘z yumdi.

«Bugun 5103 ta yangi COVID-19 holati qayd etildi, jami kasallanganlar soni — 435 273. 141 bemor olamdan o‘tdi, jami vafot etganlar soni — 12 084. 3990 nafar bemorning ahvoli og‘ir», — deyiladi Turkiya sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Avvalroq sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Koja koronavirus pandemiyasi Turkiyada ikkinchi cho‘qqisiga yetganini ma’lum qilgandi.

Oldingi kunlari mamlakatda so‘nggi yetti oy ichida kunlik koronavirusga chalinishlar va vafot etishlarning maksimal soni kuzatildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring