Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkmanistonning koronavirusga qarshi hozirligi yuqori darajada — JSST

Turkmanistonning koronavirusga qarshi hozirligi yuqori darajada — JSST

Foto: «Lenta.ru»

Turkmaniston hukumati mamlakatni koronavirusdan himoyalash uchun jiddiy choralar ko‘rgan. «REGNUM» yozishicha, bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Turkmaniston bo‘yicha vakili Paulina Karvovska ma’lum qildi.

Karvovskaning aytishicha, koronavirus pandemiyasi haqida ilk xabar chiqqanidan boshlab bu mamlakat shoshilinch choralarni ko‘ra oldi. Xususan, BMT bilan hamkorlikda Turkmanistonning koronavirusga tayyorgarligi va harakatlar rejasi ishlab chiqildi.

JSST vakilasi Turkmanobod va Turkmanboshidagi karantin muassasalari koronavirusga chalinganlarni vaqtida izolyasiyalash va davolash imkonini berishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Turkmanistonda koronavirus qayd etilishi rasman tasdiqlanmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring