Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ucell kompaniyasi ofisida emlash ishlari boshlandi (video, foto)

Ucell kompaniyasi ofisida emlash ishlari boshlandi (video, foto)

Foto: «Xabar.uz»

Emlash bir necha kun davom etadi. 6 avgust, juma kuni 104 nafar xodim emlandi. Dushanba va seshanba — 9 va 10 avgust kunlari emlash davom etadi.

O‘zbekiston bosh davlat sanitariya vrachi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining «Aholi o‘rtasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish to‘g‘risida»gi qaroriga binoan aloqa va telekommunikatsiya muassasalari xodimlari koronavirusga qarshi emlanishi talab qilinadi.

Emlanishni istaganlarning barchasi guruhlarga bo‘lindi va vaksinani olish uchun Ucell-Plazadagi shifokorlar xonasiga pasporti asl nusxasi bilan kelishlari kerak bo‘lgan vaqt va kun ko‘rsatiladigan alohida taklifnoma olishdi.

Emlashdan oldin xodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi: qon bosimi, kislorodning to‘yinganligi, tana harorati va sog‘lig‘ining holati va qarshi holatlar haqida og‘zaki so‘rov.

53-sonli poliklinika immunologi Dildora Azlarova va kompaniya shifokori Barno Yo‘ldosheva har bir emlangan xodimlarning ahvolini kuzatib, nazorat qilib boradilar.

Emlashdan so‘ng shifokorlar, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qarshi reaksiya va ovqatlanish talablari haqida ma’lumot berdilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring