Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirus: Saudiya Arabistonida mudhish rekord yangilandi

Koronavirus: Saudiya Arabistonida mudhish rekord yangilandi

Foto: «RIA Novosti»

Saudiya Arabistoni sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, mamlakatda bir kunda aniqlangan koronavirus bilan kasallanishlar soni bo‘yicha mudhish rekord qayd etildi.

«Bir kecha-kunduzda 3943 kishida koronavirus aniqlanib, umumiy kasallanganlar soni 186 436 nafarga yetdi. Pandemiya boshlangandan beri 1599 ta o‘lim holati kuzatilgan. O‘tgan bir kecha-kunduzda 2363 kishi sog‘ayib, ularning soni jami 128 ming nafarni tashkil etmoqda», — deyiladi sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Saudiya Arabistoni koronavirus bilan kasallanishlar soni bo‘yicha arab dunyosida hali ham birinchi o‘rinni egallab  turibdi. Agar Fors ko‘rfazining qolgan davlatlarida, jumladan, virusni yuqtirganlar soni bo‘yicha undan keyingi o‘rinda turuvchi qo‘shni Qatarda o‘tgan bir hafta davomida bu ko‘rsatkich sezilarli darajada pasaygan bo‘lsa, Saudiya Arabistonida epidemiya avvalgidek o‘sishda davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring