Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikistonda to‘ylardagi mehmonlar soni yana kamaytirildi

Tojikistonda to‘ylardagi mehmonlar soni yana kamaytirildi

Foto: «Kazanfirst.ru»

Tojikistonda koronavirus tufayli to‘ylarni o‘tkazish bo‘yicha yangi tartib-qoida joriy etildi, deya xabar berdi respublika hukumati qoshidagi din ishlari, milliy urf-odatlar, tantana va marosimlarni tartibga solish qo‘mitasi matbuot kotibi Afshini Mukim.

«Tojikiston hukumatining protokol ko‘rsatmalariga asosan koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida bundan buyon to‘ylar taklif etilgan kam sonli mehmonlar ishtirokida oila davrasida o‘tkaziladi», — deya ta’kidladi u.

27-iyuldan joriy etiladigan yangi tartib-qoidalarga ko‘ra, to‘y marosimlarida ishtirok etadiganlarning soni 30-40 kishidan oshmasligi zarur.

«Ushbu tartib respublikada COVID-19 yuqumli kasalliklari tarqalishi bo‘yicha vaziyat barqarorlashgunga qadar amal qiladi», — dedi matbuot kotibi.

Koronavirus pandemiyasi tufayli Tojikistonda aprelning oxirida to‘y qilish to‘xtatilgandi.

COVID-19 profilaktikasi bo‘yicha respublika shtabi 15-iyundan boshlab barcha sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilgan holda 100 kishidan oshmagan mehmonlar ishtirokida to‘ylarni o‘tkazishga ruxsat bergandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring