Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vaksina olgan ayollar uch yilgacha farzand ko‘ra olmasligi bo‘yicha ma’lumot rostmi?

Vaksina olgan ayollar uch yilgacha farzand ko‘ra olmasligi bo‘yicha ma’lumot rostmi?

Vaksina olgan ayollar uch yilgacha farzand ko‘ra olmaydimi? AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ushbu savolga javob berildi. 

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda vazir o‘rinbosari Shahlo Turdiqulovaning aytishicha, vaksina qabul qilish insonning farzand ko‘rish qobiliyatiga umuman ta’sir o‘tkazmaydi.

«Bugungi kunda koronavirusga qarshi emlangandan keyin homilador bo‘lgan ayollar bor va ularning ahvoli muntazam nazorat qilib borilmoqda.

Dastlabki emlash bosqichlaridan buyon 7-8 oy vaqt o‘tdi va shu davr mobaynida birorta ayolda nojo‘ya ta’sir kuzatilmagan. Eng muhimi — vaksina olgani ularning homilador bo‘lishiga hech qanday to‘sqinlik ko‘rsatmagan».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring