Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalqaro mutaxassis koronavirusning xavfli mutatsiyalari haqida o‘z fikrini aytdi

Xalqaro mutaxassis koronavirusning xavfli mutatsiyalari haqida o‘z fikrini aytdi

Foto: «Bbs.tiexue.net»

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti eksperti koronavirus vaqt o‘tishi bilan mutatsiyaga uchrab, yana-da xavfli virusga aylanishi haqidagi nazariyani rad etdi. Bu haqda «New York Post» xabar berdi.

Epidemiolog Mariya Van Kerkxovning so‘zlariga ko‘ra, virus me’yor darajasida o‘zgaradi. Bu shunga o‘xshash kasalliklar, masalan, grippga xosdir. «Kasallikning tobora yuqumli yoki hayot uchun xavfli bo‘lib borayotgani haqida hech qanday dalil yo‘q», — deya ta’kidladi u.

Shunga qaramay, mutaxassis «pandemiiyaning tugashiga hali ancha bor»ligidan ogohlantirdi. Uning fikricha, virus tarqalishiga qarshi muvaffaqiyatli kurashish uchun bo‘shashmaslik va cheklovlarni olib tashlamaslik kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring