Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xorazmda karantin chora-tadbirlari kuchaytirilmoqda

Xorazmda karantin chora-tadbirlari kuchaytirilmoqda

Kuni kecha Xorazm viloyati aholisi orasida ham koronavirus bilan zararlangan shaxslar borligi qayd etildi.

Xorazm viloyati IIB shaxsiy tarkibi tomonidan karantin qoidalarini ta’minlash, fuqarolar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish bilan bog‘liq chora-tadbirlar yanada kuchaytirildi.

Xususan, viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi tarkibidagi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlar va hududiy profilaktika inspektorlari o‘zaro hamkorlikda shahar va tumanlardagi bozorlar, savdo shoxobchalari va dorixonalarda hamda aholiga xizmat ko‘rsatuvchi turli tashkilotlarda karantin qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bormoqdalar.

Virusli kasalliklardan himoyalanish tartib-qoidalari yuzasidan qo‘llanma shaklida viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktika boshqarmasi tashabbusi bilan tayyorlangan bukletlar (kimyoviy ishlov berilgan) ham aholi orasida tarqatilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring