Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana 40 kishida koronavirus aniqlandi. SSV ular haqida ma’lumot berdi

Yana 40 kishida koronavirus aniqlandi. SSV ular haqida ma’lumot berdi

2020-yil 31-may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3623 (+40) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 38 nafari Navoiy viloyatidagi karantin  muassasalarida, 2 nafari Samarqand viloyatida koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan karantindagi fuqarolar orasida tasdiqlandi.

Ayni paytda yurtimizda 2837  (+54) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aydi.

Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 771 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring