Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyada apreldan beri bunday yomon natija qayd etilmagan edi

Yaponiyada apreldan beri bunday yomon natija qayd etilmagan edi

So‘nggi kun davomida Yaponiyada 413 nafar kishining koronavirus infeksiyasiga chalinganlik holati aniqlandi.

Shundan 243tasi poytaxt Tokioda qayd etildi. Tokioga qo‘shni bo‘lgan Kanagava hududida 32 ta holat aniqlandi. Ta’kidlanishicha, koronavirus yuqtirganlar sonining bunday o‘sishi 24 apreldan beri birinchi marta kuzatilmoqda.

Shunday qilib, Yaponiyada yangi koronavirus bilan kasallanishning tasdiqlangan holatlari soni 21181 ga etdi. Pandemiya boshlangandan beri 982 kishi COVID-19 qurboniga aylandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring