Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yuqori Chirchiqda koronavirusga qarshi shifoxona 5 kunda quriladi (foto+video)

Yuqori Chirchiqda koronavirusga qarshi shifoxona 5 kunda quriladi (foto+video)

Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida koronavirusda gumon qilinganlar karantinda saqlanadigan shifoxona qurilmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

«Bebaho boyligimiz – sog‘lig‘imizni muhofaza qilishga qaratilgan xayrli ishlarning e’tiborga munosiblaridan biri Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi 53 gektar hududda boshlab yuborildi.

Qisqa fursatda barpo etiladigan shifoxonada xorijdan charter reyslarda kelayotgan vatandoshlarimiz karantinda bo‘lishadi. Shifoxona poytaxtdan 25 kilometr uzoqlikda. Bu yerda barcha sharoitlar mavjud bo‘ladi. Shifoxonani 5 ish kunida barpo etish ko‘zda tutilgan», — deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring