Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yurtimizda pandemiya boshidan beri kuzatilmagan noxush rekord qayd etildi

Yurtimizda pandemiya boshidan beri kuzatilmagan noxush rekord qayd etildi

Foto:«Sputnik»

Mamlakatimizda pandemiya boshlangandan beri koronavirusdan kunlik kasallanish bo‘yicha eng yuqori antirekord qayd etildi. 2021-yil 26-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 125784 (+789) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:
75 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
23 nafari Andijon viloyatida,
16 nafari Buxoro viloyatida,
79 nafari Jizzax viloyatida,
25 nafari Qashqadaryo viloyatida,
16 nafari Navoiy viloyatida,
32 nafari Namangan viloyatida,
78 nafari Samarqand viloyatida,
25 nafari Sirdaryo viloyatida,
89 nafari Surxondaryo viloyatida,
72 nafari Farg‘ona viloyatida,
42 nafari Xorazm viloyatida,
105 nafari Toshkent viloyatida,
112 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 521 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Shuningdek, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 845 nafarni tashkil qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring