Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2020-yil Xiva turkiy millatlar madaniyati poytaxti deb e’lon qilinishi mumkin

2020-yil Xiva turkiy millatlar madaniyati poytaxti deb e’lon qilinishi mumkin

Bugun, 8-yanvar kuni Madaniyat vazirligida yil davomida sohada amalga oshirilgan ishlar va 2019-yilda ko‘zlangan rejalar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev Xalqaro aloqalar sohasida 2019-yilda rejalashtirilayotgan vazifalar haqida gapirdi.

Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati

Qayd etilishicha, mamlakatimizda 2019-yil Rossiya, Qozog‘iston, Tatariston madaniyat kunlari hamda Turkiya, Belorussiya va Tojikiston davlatlarida O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkaziladi.

Hozirda 2020-yil Xiva shahrini turkiy millatlar madaniyati poytaxti hamda Buxoro shahrini Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilinishi bo‘yicha Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY) hamda Islom Hamkorlik tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (AYSESKO) bilan jadal hamkorlik aloqalari olib borilmoqda.

Shuningdek, Parij shahridagi Luvr muzeyi va shu kabi xorijiy davlatlar muzeylarida O‘zbekiston san’ati ko‘rgazmasini tashkil etish rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring