Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Aktyor Karim Mirhodiyev og‘ir judolikka uchradi

Aktyor Karim Mirhodiyev og‘ir judolikka uchradi

Foto:«.Kino-teatr.ru»

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Karim Mirhodiyevning onasi vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Kinoarboblar ijodiy uyushmasi matbuot xizmatiga asoslanib, «Daryo» xabar berdi.

«O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Karim Mirhodiyevning onasi Sanoat aya Mirhodiyeva 85 yoshlarida vafot etdi. Marhuma 26-yanvar kuni soat 12:00 da so‘nggi manzilga kuzatildi», deyiladi xabarda.

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali aktyor va uning oilasiga hamdardlik bildiradi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring