Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Asarlari kinoga aylangan Tohir Malik hayoti haqida film suratga olindi

Asarlari kinoga aylangan Tohir Malik hayoti haqida film suratga olindi

Foto: «Xabar.uz»

«O‘zbekkino» milliy agentligi, «Hujjatli filmlar kinostudiyasi» DUK rejissyor Murod Odilovning «Hayot qayig‘i» nomli hujjatli filmini taqdim etadi.

Filmda O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malikning hayoti va ijodi haqida hikoya qilinadi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Film premerasi:

Sana va vaqti: 2018-yil 30-iyul, soat 18:00

Manzil: Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyi.

Davomiyligi: 26 daqiqa.

«Tohir Malik xalqqa yaqin bo‘lganining yana bir siri u – hazil-mutoyibani xush ko‘radi. Bir qator hajviy asarlari, kulgilari bilan o‘quvchilarga zavq-shavq ulashadi. Adibning, ayniqsa, bolalarga mehri o‘zgacha. Shu boismi, uning asarlarida bolalarcha beg‘uborlik, bag‘rikenglik, samimiyatni ham ilg‘ash mumkin. Filmda Tohir Malikning ana shu xislatlari ochib berilgan», deyiladi xabarda.

Ma’lumot o‘rnida: «Alvido, bolalik!», «So‘nggi o‘q», «Murdalar gapirmaydilar», «Charxpalak», «Talvasa», «Shaytanat», «Ov», «Umidlar dashti», «Iblis devori» kabi bir biridan qiziqarli, insonni vatanparvarlik ruhida tarbiyalovchi, turli jinoyatlar jarayoni qanday salbiy oqibatlarga olib kelishini bayon qiluvchi, jamiyatning jinoyatchilarsiz ravnaq topishini orzu qiladigan asarlar muallifi Tohir Malikdir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring