Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev: «Erkin Vohidov, Abdulla Oripovning o‘rni bilinayotganini his qildim»

Shavkat Mirziyoyev: «Erkin Vohidov, Abdulla Oripovning o‘rni bilinayotganini his qildim»

Foto: «President.uz»

Prezident «O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilishning dolzarb masalalari» mavzusidagi xalqaro konferensiya tafsilotlarini esga olib, «Bu zamonaviy adabiyotimiz uchun muhim bosqich bo‘ldi, televideniye orqali kuzatdim, qardosh xalqlar ijodkorlari fikrini tingladim. Biroq ko‘nglimning tub-tubida Erkin Vohidov, Abdulla Oripovning o‘rni bilinayotganini his qildim», dedi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-avgust kuni poytaxtda qurilayotgan bir qator inshootlar, ko‘priklar, bog‘chayu shifoxonalar, jumladan, Yozuvchilar uyushmasi a’zolariga atab barpo etilayotgan ko‘p qavatli uylar bilan tanishgan paytda ijod ahli bilan ham suhbatlashganda shu haqda gapirib o‘tgan. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Davraga fayz berib turgan akademik Naim Karimov, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Ibrohim G‘afurov bilan alohida mehr, yuksak e’tibor va ehtirom bilan ko‘rishar ekan, «Yana bir karra qaytarib aytaman: ustozlarimiz yonimizda bo‘lsa, xatolarimiz kamroq bo‘ladi. Olib borayotgan ishlarimizda unum va baraka bo‘ladi. Bu singari insonlarning borligi, safimizda turgani adabiyotimiz uchun ham, millatimiz ma’naviyati uchun ham bebaho hodisadir», deya ta’kidladi davlat rahbari.

— Sizlar millat qonida oqayotgan har bir hujayrani ko‘ra oladigan, xalq va Vatan taqdiriga eng xolis tashxis qo‘yadigan iqtidor sohibisizlar. Bizning vazifamiz sizdek iste’dod egalariga shart-sharoit, imkoniyat yaratish, sizning zimmangizdagi ulug‘ mas’uliyat esa tariximizdan bugunimizgacha, kelajagimizgacha o‘tkir va odil qalam bilan adabiyotga muhrlashdir, xalqimiz, xususan, yoshlarimizni adabiyot orqali tarbiyalashdir, — dedi Prezident.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring