Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda «Solnse na vkus» filmining suratga olish ishlari boshlandi

Buxoroda «Solnse na vkus» filmining suratga olish ishlari boshlandi

Bugun Buxoro shahri Minorai Kalon ansamblida «Solnse na vkus» («Quyosh lazzati») koproduksiya filmining s’yomka jarayonlari boshlandi.

S’yomka maydoniga O‘zbekiston kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, Rossiyaning «Sputnik Vostok Prodakshn» kinokompaniyasi vakillari, kinoijodkorlar, jurnalistlar hamda jamoatchilik vakillari tashrif buyurishdi. Firdavs Abduxoliqov Rossiyaning ilg‘or kinokompaniyasi bilan agentlik o‘rtasida shartnoma imzolangani haqida so‘zladi. Shuningdek, kinoguruh bilan uchrashib, ijodiy jarayonlar borasida suhbatlashdi. Filmning tasvirga olish jarayonlari OAV vakillari tomonidan yoritilib, loyiha haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, «Sputnik Vostok Prodakshn» kinokompaniyasi direktori, kinoprodyuser Aleksandr Kessel agentlik bilan hamkorlikda ishlayotganidan mamnun ekanligi, barcha ijodiy jarayonlar qiziqarli tarzda kechayotganini ta’kidlab o‘tdi.

Mazkur kinokartina xayoliy elementlarga va sarguzashtlarga boy bo‘lgan film bo‘lib, qo‘shma prodyuserlik formatidagi birinchi o‘zbek loyihalaridan biridir. Shu bois Kinematografiya agentligi Bosh direktori hamkorlikda suratga olinayotgan ushbu loyihaning muvaffaqiyati O‘zbekistonning ham yutug‘i ekanligini ta’kidlab, filmning har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishini, ma’lum qildi.

Bundan tashqari, mazkur s’yomka jarayonlariga O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining 10 nafar talaba-yoshlari ham biriktirilgan bo‘lib, ular ushbu ko-produksiya loyihasi orqali o‘z tajribalarini oshirishlari mumkin bo‘ladi.

Postanovkachi rejissyor Eldar Salavatov, rassom Yuriy Fomenko, prodyuserlar Eduard va Kristina Gorbenko, rejissyor Tanya Sulyayeva. Filmda rossiyalik aktyorlar bilan birga o‘zbek aktyorlari ham rol ijro qilmoqda. Jumladan, Muhammadiso Abdulxairov, Abror Bakirov, Zulfiya Raimqulova, Ronaldo Laspines, Murod Sayfullayev, Sodiq Murodov, Ali Choriyev, Bernar Nazarmuhammedov, Ulug‘bek Shametov va boshq.

Suratga olish ishlari Moskva, Buxoro, Samarqand va Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Premera esa 2021 yilning kuzida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston kinematografiya agentligi film prokatidan o‘z ulushiga ega va O‘zbekistonda namoyish etish bo‘yicha barcha huquqlardan foydalanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring