Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Daniyada yiliga ikki marta fuqarolarga bepul kitob tarqatish taklif qilindi

Daniyada yiliga ikki marta fuqarolarga bepul kitob tarqatish taklif qilindi

Foto: «Aerio»

Daniyadagi «Radikallar» partiyasining madaniy masalalar bo‘yicha vakili Zeniya Stampe yaxshi taklifni ilgari surdi: davlat fuqarolar kitob sotib olishi uchun yiliga ikki marta pul ajratib turishi kerak.

«Adabiyot yana jamiyatimiz muhokama qiladigan mavzuga aylanishini istaymiz. Seriallar haqida ko‘p gapiramiz, biroq Daniya adabiyotini unutib yubordik», — ta’kidladi Stampe.

Bu shunchaki quruq gaplar emas: Stampening taklifi «Radikallar» 2020-yil uchun taqdim etgan budjet loyihasiga kiritilgan.

Qaysi kitoblar bepul bo‘lishini maxsus ekspertlar aniqlab berishi kerak, deydi Stampe. «Radikallar» a’zosi adabiyotlar tanlanishida, birinchi navbatda, ularning har xil siyosiy ta’ma’nolardan xoliligiga e’tibor qaratish darkorligini ta’kidlab, shu yo‘l bilan «milliy kitobxonlar klubi» shakllanishiga umid bildirib qolgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring