Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ekran vaqti». Ayollar faqat bitta janrda ustun

«Ekran vaqti». Ayollar faqat bitta janrda ustun

Skrinshot

«Google» tadqiqotlaridan biri kinofilmlardagi jinsiy tengsizlikka bag‘ishlandi. Neyrotarmoqlar va mashina nigohi orqali AQShdagi 2014—2016-yillardagi eng kassabop filmlar tahlil qilindi.

Bu tahlilda erkak va ayol personajlarning ekran vaqti hisoblab chiqildi.

Aniqlanishicha, erkaklar ko‘proq kadrlarda paydo bo‘lishadi va ayollarga qaraganda ikki karra ko‘p gapirishadi. Kinoekran vaqtining 36 foizi va suhbatlarning 35 foizi ayollarga ajratiladi. O‘rtacha hisoblaganda shunday.

Agarda janrlar misolida ko‘rib chiqilsa, ayollarning kinodagi «roli» yanayam kichrayib ketadi.

Hatto romantik filmlarda ham hisob erkaklar foydasiga: 55 — 45.

Faqat qo‘rqinchli filmlardagina hisobda ayollar ustun: 53 — 47.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring