Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Endi qaysi kitoblar chop etilishini kitobxonlar aniqlaydi

Endi qaysi kitoblar chop etilishini kitobxonlar aniqlaydi

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri Axborot-kutubxona markazlariga tashrif buyurgan kitobxonlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda. Bu haqda Matbuot va axborot agentligi xabar berdi. 

«Men sevgan kitob» mavzusidagi ijtimoiy so‘rovnoma har haftada bir marotaba o‘tkazib kelinmoqda.

Mazkur so‘rovnomalardan ko‘zlangan maqsad — bugungi kunda eng ko‘p mutolaa qilinayotgan kitoblarni aniqlashdan iborat. Eng talabgor kitoblar nashriyotlarga ularni chop etish bo‘yicha buyurtmalar beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring