Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Eng ulug‘, eng aziz» tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

«Eng ulug‘, eng aziz» tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 29-avgust kuni poytaxtimizdagi «Zarafshon» konsert zalida «Eng ulug‘, eng aziz» an’anaviy tanlovining respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Foto: «Xabar.uz»

Taqdirlash marosimi O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, Madaniyat vazirligi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, Yozuvchilar uyushmasi, Milliy teleradiokompaniya, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, «O‘zbekkino» milliy agentligi, «Tasviriy oyina» ijodiy uyushmasi, Badiiy akademiya, Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan tashkil etildi.

Foto: «Xabar.uz»

Matbuot va axborot agentligi rasmiy sayti xabariga ko‘ra, tanlovning respublika bosqichiga 300 nafarga yaqin ijodkordan 2 mingga yaqin ijodiy ish kelib tushdi. Xususan, «Yozuvchilarning badiiy asarlari» yo‘nalishi jami 66 nafar muallifning 96 ta asari, jumladan, 9 ta roman, 8 ta hikoyalar to‘plami, 28 ta she’riy to‘plam va doston, 9 ta qissalar, 21 ta badiiy publitsistik to‘plam va esselar kitoblari, 1 ta p’yesa, 13 ta OAV va internet nashrlarda chop etilgan turkumlari tanlovda ishtirok etdi.

Foto: «Xabar.uz»

Shuningdek, «Bosma OAV xodimlarining jurnalistik ishlari» yo‘nalishida 57 nafar jurnalistning 922 ta ishi, «Televideniye va radio ijodkorlarining materiallari» yo‘nalishida 40 nafar jurnalistning 235 ta ijodiy ishi, «Internet jurnalistikasi» yo‘nalishida 15 nafar jurnalistning 293 ta ijodiy ishi kelib tushgan.

Foto: «Xabar.uz»

«Tasviriy san’at, foto asarlari va dizayn ishlari» yo‘nalishi bo‘yicha respublika bosqichiga barcha viloyatlardan va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan jami 35 ta ijodkorning turli yo‘nalishdagi 355 ta  ishlari kelib tushgan. Shundan, 5 ta ijodkorning 50 dan ortiq foto asarlari, tasviriy san’at asarlari yo‘nalishida 15 ta ijodkorning 150 ta asari, dizayn ishlari bo‘yicha, 15 ta ijodkorning 120 dan ortiq  ishlari taqdim etilgan.

Foto: «Xabar.uz»

«Kino san’ati asarlari» yo‘nalishi bu yil jami 22 ijodkor o‘zining 26 ta asarini taqdim etgan. Shundan, 4 tasi to‘liq metrajli badiiy film, 17 tasi hujjatli film, 2 tasi qisqa metrajli film va 3 tasi multfilmdir.

Tanlovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bosqichlarida 2 ming nafardan ortiq ijodkor faol ishtirok etib, 6 avgustdan 16 avgustgacha hududlarda bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimlarida 200 nafarga yaqin yozuvchi, shoir, jurnalist, rassom va kino mutaxassislari g‘olib va sovrindorlar sifatida tanlov tashkilotchilari tomonidan taqdirlandi.

Foto: «Xabar.uz»
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring