Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ertug‘rul» seriali mualliflari O‘zbekistonda. «Jaloliddin Manguberdi» filmini suratga olish bo‘yicha muzokara boshlandi

«Ertug‘rul» seriali mualliflari O‘zbekistonda. «Jaloliddin Manguberdi» filmini suratga olish bo‘yicha muzokara boshlandi

Foto: Madaniyat vazirligi Axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligining majlislar zalida «Tekden film» va «Bo‘zdag‘ film» boshqaruv kengashi raisi Mehmet Bo‘zdag‘ bilan «Jaloliddin Manguberdi» filmini suratga olish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Foto: Madaniyat vazirligi Axborot xizmati

Madaniyat vazirligi Axborot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, Turkiya kino ijodkorlari tomonidan taqdim etilib kelinayotgan kino mahsulotlari xalqimizning katta qiziqishiga sabab bo‘lmoqda. Joriy yilda efirga uzatilgan seriallar nafaqat kino ixlosmandlarini balki o‘zbek kino ijodkorlarining ham muhokama va e’tiroflariga sazovor bo‘ldi.  Ana shu jihatlarni hisobga olib, ayni kunlarda alohida qiziqish va e’tiroflarga sabab bo‘layotgan «Ertug‘rul» seriali rejissyori yurtimizga taklif etilgan.

Foto: Madaniyat vazirligi Axborot xizmati

«Tekden film» va «Bo‘zdag‘ film» boshqaruv kengashi raisi Mehmet Bo‘zdag‘, «Simit Sarayi» brendi sohibi, yirik tadbirkor-investor Xoluq O‘qutur, restoranlar sohasida tadbirkor, investor Umar Sayfi Aktulun, Strategik tafakkur instituti vasiylik kengashi a’zosi, «Dirilish-Ertug‘rul» serialining ilmiy maslahatchisi Sinan Tovuqchilardan iborat delegatsiyaning tashrif buyurishiga sabab «Jaloliddin Manguberdi» tarixiy serialini tasvirga olish ishlarida hamkorlik qilish borasida muzokara olib borish ekani ta’kidlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring