Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Film tugadi»: Pokiston kinoteatrlari hind kinosi namoyishini to‘xtatdi

«Film tugadi»: Pokiston kinoteatrlari hind kinosi namoyishini to‘xtatdi

Foto: «Koimoi»

Pokiston hukumati mamlakat kinoteatrlarida hind filmlarini namoyish etishni taqiqladi. Bu haqda «Kp.ru» Pokiston bosh vazirining axborot siyosati va radiouzatish bo‘yicha maslahatchisi Firdus Ashik Avanga asoslanib xabar berdi.

«Pokiston kinoteatrlarida bittayam hindcha kino ko‘rsatilmaydi. Na drama, na boshqa hindcha kontent», — deb yozdi u «Twitter»da va bu ish bahsli Kashmir hududida yashovchilarni ruhan qo‘llash maqsadida qilinayotganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Hindiston prezidenti Ram Nath Kovind Jammu va Kashmir hududining maxsus statusini bekor qilish to‘g‘risidagi farmonni imzolagandan so‘ng ikki mamlakat o‘rtasidagi ziddiyat yanada taranglashib ketgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring