Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Frankfurter Buchmesse»: muhim uchrashuvlar, qizg‘in muzokaralar

«Frankfurter Buchmesse»: muhim uchrashuvlar, qizg‘in muzokaralar

Foto: Matbuot va axborot agentligi

Dunyo noshirlari Frankfurt kitob ko‘rgazmasini shu sohaning jahon chempionati yoki olimpiadasiga muqoyasa qiladi. Chunki ko‘rgazmada barcha davlatlar va nashriyotlar ishtirok etishga intiladi. Buyurtmalar olti oy avval qabul qilinadi. Bu haqda Matbuot va axborot agentligi xabar bermoqda.

Ko‘rgazma maydoni 20 gektardan ortiqni tashkil etadi. 10 dan ortiq ikki qavvatli oynavand binolarning bir qarich ham yeri bo‘sh emas. Unda dunyoning yetakchi nashriyotlari xodimlari, savdo kompaniyalari vakillari, reklama agentlari bilan bir qatorda taniqli siyosatchilar, «Nobel» mukofoti sovrindorlari, taniqli jurnalistlarni uchratish mumkin.

Xalqaro tadbirning ikkkichi kuni O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Bosh direktori, delegatsiya rahbari Laziz Tangriyev ko‘rgazmaning faxriy mehmoni, Gruziya delegatsiyasi vakillari hamda Gruziya noshirlari va kitob savdogarlari assotsiatsiyasi rahbari Tinatin Beriashvili bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda kitoblarni nashr etish, tarjima qilish bo‘yicha mualliflik huquqini sotish va sotib olish, original muqovalardan imtiyozli foydalanish, matbaa xodimlarining muntazam tajriba almashishi uchun shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama etildi.

Mazkur yirik ko‘rgazmada faxriy mehmon sifatida ishtirok etish tartib-taomillari bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.

Shu o‘rinda «Frankfurter Buchmesse»da faxriy mehmon maqomini olish oson ish emasligini ta’kidlab o‘tishni istardik. Buning uchun muayyan chig‘iriqlardan o‘tish lozim. Chunki faxriy mehmon 150 ga yaqin mamlakat noshirlarining diqqat markazida bo‘ladi. Yangi kitob taqdimotlari, taniqli yozuvchi va shoirlar, Nobel mukofoti sovrindorlari bilan ilmiy va ijodiy uchrashuvlar faxriy mehmon pavilionida tashkil etiladi. Umuman, faxriy mehmon maqomida ishtirok etayotgan mamlakatning tarixi, adabiyoti, madaniyati keng targ‘ib etiladi.

Shuningdek, O‘zbekiston noshirlari va kitob savdosi tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi rahbari Erkin Abdurahmonov Tehron noshirlari va kitob sotuvchilari assotsiatsiyasi rahbari Mahmud Amuzgar bilan o‘tkazgan uchrashuvda o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, muntazam tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish, kitob mahsulotlarini eksport qilish masalalari muhokama etildi.

Tadbirda ishtirok etgan «Yangi asr avlodi» nashriyot-matbaa markazi «Bibkom» (Rossiya) kompaniyasi bilan mamlakatimizda nashr etilgan turli kitoblarni Rossiya va yevropadagi kutubxonalarga yetkazish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

«Beijing international book fair» menejeri Ni Hongri yurtimiz noshirlarini 2019 yil 21-25 avgust kunlari Pekin shahrida o‘tkaziladigan xalqaro kitob ko‘rgazmaga taklif etdi.

Ko‘rgazma davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring