Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindcha «Forrest Gamp»da bosh rolni kim o‘ynaydi?

Hindcha «Forrest Gamp»da bosh rolni kim o‘ynaydi?

«Forrest Gamp» filmidan kadr

Hindistonda 2019-yilning kuzida mashhur «Forrest Gamp» filmining hindcha talqinini suratga olish boshlanadi. Bu haqda «Hollywood Reporter» yozmoqda.

Hollivudning  «Forrest Gamp»i oltita «Oskar»ga sazovor bo‘lgan: jumladan, eng yaxshi film, eng yaxshi rejissyor, eng yaxshi erkak roli.

Hindlar olayotgan filmda bosh rolni aktyor va rejissyor Amir Xon o‘ynaydi. Amerikaliklarning «Forrest Gamp»ida bosh rolni Tom Henks qiyomiga yetkazib ijro etganidan ko‘pchilik xabardor, albatta.

Yangi film rejissyori — hind postanovkachisi Advait Chandan. 1994-yildagi filmni esa Robert Zemekis suratga olgan.

Darvoqe, «Forrest Gamp-2»ga hindlar nom ham topib qo‘yishgan: «La’l Singh Chadha» («Lal Singh Chadha»).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring