Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ivan Vasilevich «kasbini» o‘zgartiradi

Ivan Vasilevich «kasbini» o‘zgartiradi

Sergey Eyzenshteyn filmidan kadr.

Rossiyada Ivan Grozniy haqida horror janrida yangi filmni suratga olish boshlandi, deb xabar berdi «AiF».

Film ssenariysi ziddiyatlarga boy shoh shaxsini qamrab olgan sirli hodisalar va afsonalarga qurilgan. «Sentral Partnership» bosh direktori Vadim Vereshaginning ta’kidlashicha, Ivan Grozniy xorijda ham eng taniqli rus hukmdorlaridan sanaladi.

«Rus o‘rta asrlari» hamda rus shohi obrazi tomoshabinlarni rosmanasiga dahshatga sola olishiga film mualliflarining ishonchi komil.

«Shunisi qiziqki, Gollivud kinematografchilari graf Drakula obrazini yaratishda Sergey Eyzenshteynning buyuk kartinasidagi Ivan Grozniy obrazidan foydalanishgan», — dedi film prodyuseri Ivan Kapitonov.

Film postanovkachi rejissyori kimligiyu bosh rol kimga tekkani hozircha noma’lum. Faqat suratga olish ishlari Moskva, Aleksandrovskaya sloboda va Qozonda... olinishi ma’lum qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring