Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahon yulduzlari Xulio Iglesias va Yanni Xrisomallis Toshkentda konsert beradi

Jahon yulduzlari Xulio Iglesias va Yanni Xrisomallis Toshkentda konsert beradi

Foto: «MyDay»

Jahonga mashhur Xulio Iglesias o‘zining yubiley turnesini O‘zbekistondan boshlaydi, deb yozadi «MyDay».

Xonanda 10-sentyabr kuni Toshkentda konsert bergach, Dubay va Tel-Avivga yo‘l oladi.

13-oktyabrda esa «Xalqlar do‘stligi» saroyida yunon bastakori va dirijyori Yanni Xrisomallis konsert dasturi bilan mehmon bo‘ladi.

Yanni jahonning eng mashhur instrumental musiqasi ustalaridan biri hisoblanadi. Uning albomlari Yevropa xit-paradlarining kuchli yigirmataligidan o‘rin oladi. Taniqli san’atkor Londondagi «Royal Albert Hall» va Mexikodagi «Auditorio Nacional» kabi saroylarda konsert bergan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring