Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jahonga mashhur «Rustavi» raqs guruhi Xorazmga yetib keldi

Jahonga mashhur «Rustavi» raqs guruhi Xorazmga yetib keldi

Jahonning mashhur «Rustavi» raqs ansambli bugun Urganchga yetib keldi. Gruziya  davlat akademik xalq qo‘shiq va raqs ansabli sanalgan ushbu guruh 14-16 sentyabr kunlari Xivada bo‘lib o‘tadigan «Raqs sehri» xalqaro festivalda ishtirok etishi kutilmoqda.

«Rustavi» raqs ansambli dunyoning 80 dan ortiq mamlakatida ijodiy safarda bo‘lgan va 500 dan ortiq tadbirlarda ishtirok etib, tomoshabinlar va san’atshunoslar e’tirofiga sazovor bo‘lgan.

Ansamblning repertuarida ko‘plab an’anaviy Kavkaz xalqlari raqslari mavjud. «Rustavi» ansambli a’zolari to‘y, lirik, marosim va harbiy raqslarni mohirlik bilan ijro etishadi.

– «Rustavi» ning festivalda ishtirok etishi biz uchun katta ibrat bo‘ladi, – deydi urganchlik san’at ixlosmandi Qurbonbika O‘rozmetova. – Chunki o‘zbek xalqining erkaklar raqslari, ayniqsa, xorazmcha raqslari hanuzgacha bachkanaligicha qolmoqda. Xalq raqslarini an’anaviy tarzda ijro qilish bilan birga yangi zamonaviy raqslar ham yaratilishi baletmeystrlar tomonidan unutib qo‘yilgan.

Darhaqiqat o‘zbekcha erkaklar raqslari bir muncha modernizatsiya va takomilga muhtojligi o‘tkazilayotgan tadbirlarda ko‘zga tashlanib qolmoqda. O‘ylaymizki, «Raqs sehri» festivali bu borada qilinajak ishlarga yanada turki bo‘ladi.

Erpo‘lat Baxt

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring