Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jek Nikolsonning mashhur boltasi 175 ming dollarga sotildi

Jek Nikolsonning mashhur boltasi 175 ming dollarga sotildi

«Shu’la» filmidan kadr.

AQShdagi auksionda Jek Nikolsonning qahramoniga («Shu’la», 1980) tegishli bolta sotildi. Bolta sahnasini kinoasarni tomosha qilganlar unutmasliklari aniq.

Boltani savdoga Gotta Have Rock and Roll auksionlar uyi qo‘ydi. TMZ portali yozishicha, bolta 140 ming dollarga sotildi, komissiya to‘lovlari bilan yangi egasiga 175 ming dollarga tushdi.

Kimoshdida 12 kishi Nikolsonning boltasiga xaridor bo‘ldi. Yakuniy narxni «Shu’la» filmining ashaddiy muxlisi — muvaffaqiyatli tadbirkor aytdi.

Kinoda Nikolson eshiklarni buzib yurgan bolta aslida rezina va penoplastdan yasalgan.

«Shu’la» — yozuvchi Stiven King romani asosida kinorejissyor Stenli Kubrik 1980-yilda suratga olgan xorror janridagi film. Bosh rollarni Jek Nikolson, Shelli Dyuval va Denni Lloydlar ijro etgan ushbu film juda ommalashgan, hanuzgacha ushbu janrdagi eng yaxshi kinoasarlardan sanaladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring