Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jeyms Bond haqidagi filmlarni suratga olgan rejissyor vafot etdi

Jeyms Bond haqidagi filmlarni suratga olgan rejissyor vafot etdi

Foto: «Bagnet»

Monakoda britaniyalik taniqli rejissyor Lyuis Gilbert 97 yoshida vafot etdi. Xabarni bondiananing «Twitter»dagi sahifasi tarqatgan.

Gilbert Bond haqidagi uchta filmni suratga olgan: «Faqat ikki marta yashaysan» (1967), «Meni sevgan josus» (1977) va «Oy poygachisi» (1979).

U bundan tashqari «Arvohlar uyi», «Shirli Valentayn» hamda «Elfi» filmlari bilan yaxshi tanilgan. «Elfi» beshta nominatsiyada «Oskar»ga tavsiya etilgan va Kann kinofestivalining maxsus mukofoti, «Oltin globus» va BAFTA mukofotini qo‘lga kiritgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring