Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Kalmar o‘yini» serialiga qaysi asar bosh manba bo‘lgani topildi

«Kalmar o‘yini» serialiga qaysi asar bosh manba bo‘lgani topildi

Foto: «Kalmar o‘yini» serialidan lavha

Tomsklik olimlar sun’iy intellekt yordamida Janubiy Koreyaning «Kalmar o‘yini» seriali bosh manbasini topishdi, deb yozmoqda «Rossiyskaya gazeta».

Ishlanma muallifi Yevgeniy Garinning aytishicha, mashhurlik cho‘qqisiga chiqqan serial asosida Agata Kristining «O‘nta negr bolasi» romani yotibdi.

Ruslarning sun’iy intellekti avvaliga serialda boshqa asarlar bilan ham o‘xshashliklarni topgandi. Masalan, «Qirollar jangi» (Yaponiya), «Ochlik o‘yinlari» (Janubiy Koreya) filmlari, hatto yana bir mashhur serial «Taxtlar o‘yini»ga o‘xshab ketishini taxmin qilgandi.

«Kalmar o‘yini» seriali «Netflix» servisining 90 mamlakatdagi chartlarida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Serialda orolga pul ishlash uchun jo‘nab, jon saqlab qolish uchun kurashuvchi personajlar haqida hikoya qilinadi. Koreys seriali «Netflix» faoliyatidagi eng muvaffaqiyatli shouga aylanishi, «Vedmak» va «Brijertonlar» singari xit-asarlarni ortda qoldirishi taxmin qilinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring