Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Filmlarda yangi yil mo‘’jizalari

Filmlarda yangi yil mo‘’jizalari

Yangi yilda mo‘’jizalarga boy filmlar bayram shukuhiga shukuh qo‘shadi. Nafaqat bolalar uchun ta’til qiziqarli o‘tadi, balki kattalar ham ushbu filmlar orqali bolalikka qaytadilar.

Yangi yil filmlarining aksariyati zavqli va mehrli. Bu filmlar hammaga yoqadi, qayta-qayta ko‘rsangizda zerikmaysiz!      

 

«Uyda yolg‘iz»  

Hech bir yangi yil bayrami mana shu filmsiz o‘tmaydi. Bolakayning quvnoq ovozi eshitilishi bilan ayniqsa bolajonlar ekran qarshisiga mixlanadilar. Amerikalik oila Chikagodan Yevropaga jo‘nab ketadi, lekin yo‘lga shoshib tadorik ko‘rishgani uchun ota-onalar uyda farzandlaridan birini unutishadi. Biroq, bolakay o‘zining mustaqilligi va jasurligi bilan qaroqchilarning ta’zirini beradi. Bolakay bilan qaroqchilar o‘rtasidagi sarguzasht yaxshilik bilan tugaydi.

«34-uydagi mo‘jiza»

Ajoyib mehrli kino! Kichkina bolalar mo‘’jizalarga chin dildan ishonishadi va yilning sehrli bayramini intiqlik bilan kutishadi. Otasiz voyaga yetayotgan 8 yoshli Syuzan qorboboning haqiqiy sehrgar ekanligiga ishonmaydi. Garchi Syuzan qorbobo uchun o‘zining yangi yil sovg‘alarining ro‘yxatini tuzsa ham, u hayotdagi eng ko‘p orzu qilingan sovg‘alarni kutmaydi... Ammo mo‘’jiza Syuzanning qorbobo bilan Nyu-Yorkdagi katta «Koul» do‘konida uchrashgandan keyin sodir bo‘ladi. Syuzan tushunadi: qorbobo — haqiqiy va uning orzulari albatta amalga oshadi.

«Omadsizlar va yangi yil»

Film bir er-xotinning yangi yilni qanday yomon ko‘rishi haqida... Lyuter va uning rafiqasi Nora yangi yilni va u bilan bog‘liq voqealarni yomon ko‘radi. Bu yil ular buni e’tiborsiz qoldirishga qat’iy qaror qildilar va Karib dengizida sayohatga chiqishdi. Ammo yangi yildan uzoqlashishga urinish ular kutmagan oqibatlarga olib keladi...

«Eski» Yangi yil»

Nyu-Yorkda yashovchi odamlar haqida uch xil hikoyali film! Film qahramonlari hech qachon uxlamaydigan shahar aholisidir. Yangi yil arafasida Nyu-York bir nechta qahramonlarning hayotini bog‘laydi: kasalxonada vafot etgan keksa odam, va’dalarini bajarishga qaror qilgan kotiba, Tayms-skverdagi mashhur yangi yil shousining prodyuseri. Ko‘p milliard dollarlik kompaniyani meros qilib olish uchun Ellen otasining bir qator g‘ayrioddiy shartlarini bajarishi kerak: Yangi yil maktublarini Qorli sharsharaga – ota-onasi o‘sib-ulg‘aygan shaharga yetkazib berish asnosida atigi yuz dollar sarflash. Notanish joyda u ko‘p qiyinchiliklarni yengib o‘tishi, oddiy odamlar dunyosi haqida ko‘p narsalarni o‘rganishi, shuningdek, haqiqiy sevgisini topishi va yangi yil ruhini tushunishi kerak...

«Bayram taqvimi»

Bu kino ham romantikaga boy! Iste’dodli fotograf qiz kelajakni bashorat qila oladigan eski yangi yil taqvimini meros qilib oladi. Bu sehrli kalendar uni yangi hayotga olib boradimi, muhabbati bilan uchrashtiradimi?

«Archa daraxtlari»

Ehtimol, hayotida kamida bir marta «Archa daraxtlari»ni tomosha qilgandan so‘ng, har bir kishi «oltita qo‘l siqish» nazariyasini esladi. Butun Rossiya bo‘ylab xayrli ishlar zanjiri tarqaldi: har kim qo‘lidan kelganicha, otasi prezident ekanligini isbotlamoqchi bo‘lgan bolalar uyidagi qiz Varaga yordam berishga harakat qilishadi.

«Polar Ekspressi»

Amerikalik yozuvchi Kris Van Ellburgning kitobi asosida olingan sakkiz yoshli Kris uyida sehrli poyezd to‘xtaganda, mo‘’jizalarga ishonishni deyarli to‘xtatadi. Polar Ekspress bolani Shimoliy qutbga olib boradi va u yerda qorboboni ko‘radi. Bir nechta multfilm qahramonlarining rollarini Tom Xenks ijro etgan, shuningdek, u musiqasi bastakor Alan Silvestri tomonidan yaratilgan qo‘shiqlarni ijro etgan. Film «Eng yaxshi ovoz» va «Eng yaxshi qo‘shiq» uchun «Oskar» mukofotiga nomzod bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring