Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kitobdagi dunyoning eng noyob qo‘riqxonasida turforum boshlandi

Kitobdagi dunyoning eng noyob qo‘riqxonasida turforum boshlandi

Xabar.uz

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi hamkorlikda Qashqadaryo viloyatida I Xalqaro geoturistik forumini tashkil etmoqda.

1-3-avgust kunlari o‘tadigan forum ekologik va geologik turizmni ommalashtirish sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, yurtimizning tashqi va ichki bozorlardagi sayyohlik salohiyati va tabiiy imkoniyatlarini targ‘ib etishni maqsad qilgan.

Caption

Ilmiy tadqiqotlarni o‘rganish natijalariga ko‘ra, Kitob davlat geologiya qo‘riqxonasi dunyodagi yagona to‘liq Etalon - Ems yarusi standarti hisoblanadi. Bu ushbu makonning dunyo okeanidan ajralib chiqqan dastlabki quruqlik maydoni ekaniga ishora qiladi. Mazkur joyni xalqaro olimlar hamjamiyati dunyo okeanidan quruqlikka chiqish joyi sifatida qayd etdi.

Keltirilgan faktlarni, shuningdek, ushbu ob’yektning yuqori marketing va sayyohlik ahamiyatini hisobga olgan holda, Forum tashkilotchilari yangi sayyohlik brendini ilgari surish bo‘yicha maxsus "Hayotning boshlanishi. O‘zbekiston" dasturini ishlab chiqishni taklif qilishdi.

Kitob davlat geologik qo‘riqxonasi O‘zbekistonning noyob tabiiy qo‘riqxonalaridan biridir. Qo‘riqxona Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida, Zarafshon tog‘ining janubi-g‘arbiy qismida, Qashqadaryo daryosi havzasida joylashgan. Qo‘riqxona 1979-yilda tashkil etilgan.

Qo‘riqxona Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasiga qarashli bo‘lgan yagona qo‘riqxona hisoblanadi. Ushbu manzil qadimiy davrda yashagan jonivorlar va o‘simliklarning qoldiqlari saqlanib qolgan tosh qotmalarini va noyob stratigrafik kesmalarni himoya qilish uchun barpo etilgan. Paleozoy kesmalari bu yerda o‘ziga xos geologik tuzilmalardan iborat bo‘lib, Yerning geologik tarixiga oid 130-170 million yil davom etgan muhim vaqt oralig‘ida eng boy va noyob ma’lumotlarni o‘z ichiga qamrab olgan.

Bugungi kunda qo‘riqxona 3938 gektar maydonni egallagan bo‘lib, u o‘z ichiga paleontologiya va biologiya muzeyini olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring