Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Madaniyat vazirligi Xabar.uz’ni yilning eng yaxshi OAVlari qatorida e’tirof etdi

Madaniyat vazirligi Xabar.uz’ni yilning eng yaxshi OAVlari qatorida e’tirof etdi

Foto: Xabar.uz

Kecha faol va sermahsul ijod qilayotgan san’at va madaniyat vakillari hamda sohani yoritayotgan OAVlarni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish maqsadida «Ehtirom-2019» mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Madaniyat vazirligi tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida eng yaxshilar taqdirlandi.

«Ehtirom» mukofoti yil davomida san’at va madaniyatimizning turli yo‘nalishlarida faol va sermahsul ijod qilgan fidoyi, zahmatkash ijodkorlarni taqdirlaydi, ularga ehtirom ko‘rsatadi. Vazirlik tomonidan 2019 yilda Xabar.uz axborot-tahliliy portali eng faol ommaviy axborot vositalari qatorida e’tirof etildi.

Eslatib o‘tamiz, Termiz shahrida aprel oyida bo‘lib o‘tgan baxshichilik xalqaro festivalida ham Xabar.uz tadbir targ‘iboti nominatsiyasida g‘olib deb topilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring