Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliy kinoindustriyani rivojlantirish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi

Milliy kinoindustriyani rivojlantirish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi

Foto: «Publika.uz»

Milliy kinoindustriyani rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq:

  • «O‘zbekfilm» aksiyadorlik jamiyati «O‘zbekfilm» davlat unitar korxonasi etib qayta tashkil etildi;
  • «Hujjatli filmlar kinostudiyasi» davlat unitar korxonasi «Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi» davlat unitar korxonasi sifatida qayta nomlandi;
  • «O‘zbekkino» MAning hududiy bo‘linmalari negizida «Respublika kinoprokat markazi» davlat unitar korxonasining filiallari tashkil etildi;
  • «O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi» davlat muassasasini nodavlat notijorat tashkiloti sifatida qayta tashkil etildi.

Barcha kinoteatrlarda mahalliy kinofilmlarni majburiy ravishda namoyish qilish kvotasi o‘rnatiladi.

Xususan mahalliy filmlar namoyishi quyidagilardan kam bo‘lishi mumkin emas:

  • 2019-yil 1-yanvardan boshlab – sutkada kamida ikkita to‘liq metrajli film;
  • 2021-yil 1-yanvardan esa oylik ekran vaqtining kamida 25 foizi, bayram kunlari esa kamida 40 foizi.
  • 2020/2021-o‘quv yilidan boshlab Toshkent shahrida Butunrossiya kinematografiya davlat instituti filiali (qo‘shma fakulteti) ochiladi.

Kinoindustriya sohasi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tashkil etildi.

Markaz jumladan kinoindustriya sohasi xodimlarini shartnoma asosida qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish bilan shug‘ullanadi.

Kino mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning prokati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar 2020-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatga barcha turdagi soliqlar va majburiy ajratmalar to‘lashdan, shuningdek, olib kiriladigan kino ishlab chiqarish va kino namoyish etish uskunalari uchun bojxona to‘lovlaridan ozod etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring