Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2018 yilning eng yaxshi filmi ma’lum qilindi

2018 yilning eng yaxshi filmi ma’lum qilindi

Фото:«Кино Поиск»

«People’s Choice Awards» mukofoti uchun 2018-yilning eng yaxshi kartinasiga «Marvel» studiyasining «Qasoskorlar: Abadiyat jangi» filmi loyiq deb topildi. Bu haqda Enews nashri xabar bergan.

Mazkur mukofot 1975-yildan buyon tomoshabinlarning umumiy ovozi bo‘yicha hisoblanib keladi. Hozirda ovoz berish uchun internetdan foydalanilsa, 2005-yilga qadar tashkilotchilar so‘rovnoma orqali g‘olib nomini aniqlab kelgan.

Eng yaxshi aktrisa nominatsiyasida «Qasoskorlar»da suratga tushgan Skarlett Yoxansson g‘olib chiqdi. «Qora pantera» filmida bosh rolni ijro etgan Chedvik Bouzman «Eng yaxshi aktyor» nomini qo‘lga kiritdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring