Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muhammad alayhissalom hayotiga bag‘ishlangan film ekranlarga qaytmoqda (video)

Muhammad alayhissalom hayotiga bag‘ishlangan film ekranlarga qaytmoqda (video)

Kadr: «YouTube»

Tez kunda «Sevimli» telekanalida payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam hayotiga bag‘ishlangan «Olamga nur sochgan oy» nomli 30 qismli serial namoyish etiladi.

Film 2008 yilda Mahmud Abdulkarim ssenariysi va Muhammad Shayx Najib rejissyorligida tasvirga olingan. Serialda payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning bolalik, o‘smirlik va yetuklik davrlari, u zotga ilohiy vahiy kelishi, birinchi musulmonlarning e’tiqod yo‘lidagi sharaf va mashaqqatlari, dinimizning keng yoyilib borilishi haqida hikoya qilinadi.

Serialni Ramazon oyida tomosha qilishingiz mumkin. Quyida uning treylerini tomosha qiling.

Izohlar 4

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring