Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xivada shoir Ogahiy nomi bilan ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etiladi

Xivada shoir Ogahiy nomi bilan ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etiladi

Foto:«Oxo.uz»

Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 210 yilligini nishonlash hamda Xiva shahrida Ogahiy ijod maktabini tashkil etish to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2019-yil dekabr oyida Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 210 yilligi mamlakat miqyosida keng nishonlanadi.

Shuningdek, Xiva shahrida Ogahiy nomidagi ona tili va adabiyot fanini chuqurlashtirib o‘qitishga hamda xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati (Ijod maktabi) tashkil etiladi.

Ijod maktabiga o‘quvchilar tanlov asosida qabul qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring