Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbek kinochilari Hollivudga boradi

O‘zbek kinochilari Hollivudga boradi

Foto: O‘zA

Xabarning audio talqini

«O‘zbekkino» milliy agentligining xalqaro aloqalarni rivojlantirish xizmatidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda bir guruh kinoijodkorlarning AQShning Los Anjeles shahri, Hollivud kino shaharchasida joylashgan «Universal Studios» kinokompaniyasi bilan tajriba almashish yuzasidan aloqa o‘rnatildi. Bu haqda O‘zA yozmoqda.

Ular kinokompaniyaning qisqa o‘quv kurslarida malaka oshiradi. O‘quv kursi davomida maxsus o‘quv filmini suratga olish ham rejalashtirilgan. Ushbu film xorijiy safardan qaytib kelingandan so‘ng, montaj jarayonidan o‘tib, kino san’atiga qiziqayotgan yurtimiz yosh ijodkorlariga namoyish etiladi.

Bu sa’y-harakatlar joriy yil may–iyun oyida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring