Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbek tilining izohli lug‘ati» tahrirlanib, qayta nashrdan chiqarildi

«O‘zbek tilining izohli lug‘ati» tahrirlanib, qayta nashrdan chiqarildi

Foto: «Uzreport»

«O‘zbek tilining izohli lug‘ati» tahrirlanib, qayta nashrdan chiqarildi. Bu haqda «Uzreport» xabar berdi.

O‘zbek tili lug‘at tarkibida yuz bergan jiddiy o‘zgarishlar munosabati bilan davr talabiga javob beradigan izohli lug‘at yaratish zarurati kelib chiqdi va akademik A.Hojiyev rahbarligida O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutining (oldingi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti) bir guruh lug‘atshunoslari tomonidan 2006—2008-yillarda 5 jildli «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» yaratilgan va nashr etilgan edi. 

2020-yilda ushbu izohli lug‘at, mutaxassislar va keng o‘quvchilar ommasining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti bo‘lim boshlig‘i, f.f.n. Abduvahob Madvaliyev tahriri ostida tuzatilgan holda 3 ming nusxada qayta nashr etildi.

Lug‘atda o‘zbek adabiy tilida keng iste’molda bo‘lgan 80 mingga yaqin so‘z va so‘z birikmalari, fan, san’at, madaniyat va texnika sohalariga oid terminlar, shevalarda qo‘llanadigan so‘zlar, tarixiy atamalar jamlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring