Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbek kinoijodkorlari detektiv-triller janridagi film suratga olishdi

O‘zbek kinoijodkorlari detektiv-triller janridagi film suratga olishdi

Foto: «iibb.uz»

O‘zbek kinoijodkorlari detektiv-triller janridagi «Maqsad» nomli filmni suratga olishdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Filmda korrupsiya sababli o‘z vaqtida ochilmagan va baxtli bir oilaning taqdiriga nuqta qo‘yilishiga sabab bo‘lgan qonli jinoyat, uni fosh etishda ichki ishlar tizimi xodimlarining mahorati namoyon etilgan.

Premera oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida kartina rejissyori Rustam Meliyevning ta’kidlashicha, film voqealari bugungi zamonamizda ro‘y beradi. Ammo uning tag-tomiri bevosita 90 yillarga borib taqalishi sabab, syujetlar bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan 3 ta alohida yo‘nalish bo‘ylab rivojlanib boradi.

Tadbirda filmda ishtirok etgan aktyorlar — Tohir Saidov, Shahzoda Matchonova, Nigora Karimboyeva, Anvar Kartayev va Jamshid Asadov jurnalistlarning savollariga batafsil javob berdi. Anjuman so‘ngida film treyleri namoyish etildi.

Jahon standartiga mos ravishda 5.1 Dolby Surround formatida ovozlashtirilgan mazkur film o‘zbek va rus tillarida dublyaj qilingan. Ijodkorlar filmni Mustaqillik bayrami kunlarida taqdim etishni rejalashtirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring