Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ramiz Usmonov rahbarlik lavozimiga tayinlandi

Ramiz Usmonov rahbarlik lavozimiga tayinlandi

Kuni kecha, 21 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Bosh vazir o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, davlat maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov va Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovlar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rilib, O‘zbekiston xalq artisti Ramiz Usmonov Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatriga direktor etib tayinlandi.

Qayd etilishicha, shu kunga qadar mazkur lavozimda faoliyat yuritib kelgan Mahmud Murodov nafaqaga kuzatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring