Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pensiyadagi yulduzlarga qancha to‘lashadi?

Pensiyadagi yulduzlarga qancha to‘lashadi?

Foto: «Teleprogramma»

Bu san’atkorlarning aksariyati — ishlovchi pensionerlar, davlatning qo‘liga qarab ham  qolishmagan. Shunga qaramasdan, ularga ham hamma qatori pensiya to‘lanadi. Kimga ko‘p, kimga kamroq — «Teleprogramma» bunga oydinlik kiritdi.

Svetlana Svetlichnaya — 50 ming rubl

Svetlana Svetlichnaya. «Brilliant qo‘l» filmidan kadr.

Rossiyalik artistlar orasida eng katta pensiyani RSFSRda xizmat ko‘rsatgan artist, 79 yoshli Svetlana Svetlichnaya oladi — oyiga 50 ming rubl atrofida.


Alla Pugachyova — 47 ming rubl

Alla Pugachyova

Pensiya ko‘pligi bo‘yicha keyingi o‘rinlarda — Alla Pugachyova va Alyona Sviridova. SSSR xalq artisti unvoni sababli ustamalar evaziga 70 yoshli Pugachyova 47 ming rubl pensiya oladi. Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist, 57 yoshli Sviridovaning pensiyasi esa 41 ming rublga teng.


Nikolay Drozdov — 30 ming rubl

Nikolay Drozdov

Taniqli teleboshlovchi, bir paytlar «Hayvonot olamida» ko‘rsatuvi bilan tomoshabinlar qalbidan o‘rin olgan 82 yoshli Nikolay Drozdovning pensiyasi 30 ming rubl atrofida, xonanda Lolita Milyavskayaga esa oyiga 21 ming rubl pensiya berilarkan.


Roza Syabitova — 14 ming rubl

Roza Syabitova

20 mingdan kam pensiya oluvchilar ham bor. Ishlovchi pensioner, teleboshlovchi Roza Syabitovaning pensiyasi 14 ming rubl. Ammo u pensiyaga qarab qolmaganini, «oyoqdan qolmagunicha» ishlashda davom etishini bildirgan. Rus baleti yulduzi, 45 yoshli Nikolay Siskaridzega esa 12 ming rubl pensiya tayinlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring