Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Sarvqomat dilbarim» filmi premerasi bo‘lib o‘tdi (foto)

«Sarvqomat dilbarim» filmi premerasi bo‘lib o‘tdi (foto)

Foto: «Turon24.uz»

Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida Sarvar Karimovning «Sarvqomat dilbarim» filmining premerasi o‘tkazildi. Bu haqda «Xabar.uz» manbasi xabar qildi.

O‘zbek va qirg‘iz kino ijodkorlari tomonidan yaratilgan film premerasida O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan xalqaro tashkilotlar va elchixonalar vakillari, Qirg‘izistondan tashrif buyurgan kinoijodkorlar ishtirok etdi.

Film «O‘zbekkino» milliy agentligi, «Respublika kinoprokat markazi» hamda O‘zbekiston-Qirg‘iziston kinoijodkorlarining qo‘shma loyihasi asosida suratga olingan. Unda o‘zbek aktyorlaridan Adiz Rajabov, Ulug‘bek Qodirov, Bobur Yo‘ldoshev, Nigora Karimboyeva, Alisher Uzoqovlar, qirg‘iz kinoijodkorlaridan bosh rollarda Elina Abay qizi va Madina Talipbeklar rol ijro etgan.

«Sarvqomat dilbarim» filmi 17 noyabrdan tomoshabinlar etiboriga havola etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring